

“Ibra bilan kelishuvga yaqin turibmiz. Oxirgi detallarni hal qilishimiz qoldi”, deydi Maldini.
"Sky Sport Italia" manbasiga ko'ra, 39 yoshli shved klub bilan yangi bitim bo'yicha kelishib bo'lgan va bu kelasi haftada rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Zlatan “Milan”ga 2020 yil qaytdi. U joriy mavsum A Seriyada 16 o'yinda qatnashib, 15+2 natijaga erishdi.



