Ibragimovich “Milan”da qoladimi? Maldini javob berdi

Eldor Akmurzayev
10 apr 2021, 21:50
“Rossonerilar” direktori Paolo Maldini jamoa forvardi Zlatan Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarning qanday borayotgani haqida gapirdi.

“Ibra bilan kelishuvga yaqin turibmiz. Oxirgi detallarni hal qilishimiz qoldi”, deydi Maldini.

"Sky Sport Italia" manbasiga ko'ra, 39 yoshli shved klub bilan yangi bitim bo'yicha kelishib bo'lgan va bu kelasi haftada rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

Zlatan “Milan”ga 2020 yil qaytdi. U joriy mavsum A Seriyada 16 o'yinda qatnashib, 15+2 natijaga erishdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia