Ibragimovich: "Milan" bilan sovrin qo'lga kiritmagunimcha taslim bo'lmayman"

Оқил Абдубарноев
28 fev 2022, 20:07
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi.

“Mening kelajagim – futbol, dunyom – futbol. Ayni damda maydonga tusha olmayotganimdan afsusdaman.

Men maydonga tushib, jamoaga yordam berishni xohlayman. Bu erga kelganimdan beri katta muvaffaqiyatlarga erishdik va hozirda faqat bitta narsa yetishmayapti: kuboklar. Biz buning uchun kurashamiz va tinimsiz harakat qilamiz, bu jamoa bilan g'alaba qozonmagunimcha taslim bo'lmayman”, - dedi Ibragimovich.

Shveyiyalik futbolchi A Seriyaning joriy mavsumida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: MilanNews.it