Ibragimovich jarohatidan qutildi, ammo "Monpele"ga qarshi o'ynamasligi mumkin
Aslanov Jasurbek
20 avg 2015, 14:16
PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich tizza jarohatidan qutildi, ammo Fransiya chempionatining 3-turidan o'rin olgan "Monpele"ga qarshi bahsda maydonga tusha olmasligi mumkin. O'yin 21 avgust kuni bo'lib o'tadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 33 yoshli futbolchi chorshanba kuni umumiy guruhda shug'ullandi. Anxel Di Mariya ham "Monpele"ga qarshi o'yingacha tayyor bo'la olmasligi mumkin.