Ibragimovich: “Faoliyatini yakunlab, bundan afsuslanganlar qatoridan joy olmoqchi emasman”

Eldor Akmurzayev
9 noya 2021, 07:25
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich butsasini mixga ilishga shoshmayotganini aytdi.

“Faoliyatimni yakunlashim to'g'risida aniq qarorga kelganim yo'q. Aksincha, imkon qadar ko'proq o'ynashni va shu bilan birga ketish haqida o'ylamaslikni istayman. Faoliyatini yakunlab, bundan afsuslanganlar qatoridan joy olmoqchi emasman.

Mehnat qilishda va oldinga intilishda davom etaman. Menga ehtiyoj sezgunlaricha o'ynayveraman”, deydi Zlatan.

40 yoshli forvard JCH-2022 saralashi uchun Shvetsiya TJ yig'iniga chaqirildi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia