Ibragimovich dubl qildi. Bu A Seriya rekordi va TOP-5da asr rekordi

Aziz Tukhtamuradov
21 noya 2021, 08:53
"Milan" A Seriyaning 13-turi doirasida "Fiorentina"ga yutqazib qo'ydi (3:4).



O'yinda milanliklar futbolchisi Zlatan Ibragimovich ikkita gol urdi. 40 yosh 48 kunligida gol urgan Ibra bu orqali A Seriyada dubl qayd etgan yoshi eng katta futbolchiga aylandi. Shuningdek, XXI asrda ham hali bunday yoshda xech kim TOP-5 chempionatlarida bitta o'yinda ikkita gol urmagan. 


Shvetsiyalik futbolchi shuningdek Italiyada yoshi eng katta gol mualliflari bo'yicha uchinchi o'ringa chiqib oldi. Ligada Alessandro Kostakurta (41 yosh 25 kun) va Silvio Piola (40 yosh 131 kun) gol urgan eng yoshi katta futbolchilar hisoblanadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta Sports