Husayn Shodiev: "Toshkent bizning Dushanbega o'xshar ekan"

Aslanov Jasurbek
15 fev 2016, 21:11
Xitoy Taypei va Tojikiston terma jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng, tojikistonliklar bosh murabbiyi Husayn Shodiev ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Bu so'nggi o'yinimiz edi va bahs hech narsani hal qilmasligini ikkala jamoa ham tushunib o'ynadi. Oxirgi daqiqalarda gol urib ketganimizdan mamnunman. Ko'plab o'yinchilarimiz ilk bora bunday katta turnirda qatnashishmoqda. Tajriba yetishmasligi tufayli ko'plab vaziyatlarni qo'ldan boy berdik.

Toshkent bizning Dushanbega o'xshar ekan. Insonlari ham mehmondo'st. Mehmonxonadagi internet borasida kichik muammolar bo'ldi. Umuman olganda hammasi a'lo darajada. O'zbekistonga, Toshkentga va tashkilotchilarga barchasi uchun rahmat aytmoqchiman" - deydi Husayn Shodiev.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia