Husayn Shodiev: "Ochiq futbol sababli ko'plab gollar o'tkazib yubordik"

Aslanov Jasurbek
13 fev 2016, 21:16
Tojikiston va Vetnam terma jamoalari o'rtasidagi bahsdan so'ng, tojikistonliklar bosh murabbiyi Husayn Shodiev ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Bugun biz ko'plab xatolarga yo'l qo'ydik. Ayniqsa, himoyada. Bugungi o'yin oldidan bergan ko'rsatmalarim o'zini oqlamadi. 

Tailandga qarshi bo'lib o'tgan birinchi o'yinda himoyaviy taktika tanlagandik. Sababi, ular Osiyoning hujumkor jamoalaridan biri hisoblanadi. Bugungi o'yinda esa ochiqroq futbol namoyish etishga va ko'proq hujum uyushtirishga harakat qildik. Buning oqibatida esa darvozamizdan ko'plab gollar o'tkazib yuborishga majbur bo'ldik. 

Vetnam kuchli va hujumkor jamoalardan biri ekanliginii bugun yana bir bor namoyish etdik. 

Avvalgi o'yinda ham bu haqida aytib o'tgandim: mening jamoam juda yosh va bizga biroz tajriba yetishmagani mana shunday muvaffaqiyatsiz natijaga sabab bo'ldi. Keyingi turdagi o'yin esa yosh futbolchilarim uchun tajriba vazifasini o'tab beradi. 

Dastlabki o'yinlarda kam maydonga tushgan futbolchilarga keyingi o'yinda ko'proq imkoniyat beraman", deya o'z fikrlariga yakun yasadi tojikistonliklar bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia