Holand "Borussiya"ga qarshi o'yinda jarohat oldi

Sherzod Nurmatov
26 okt 2022, 14:57
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand Chempionlar Ligasi doirasidagi "Borussiya"ga qarshi bahsda jarohatlandi.

Bu haqda "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola aytib o'tdi.

"Uchta vaziyatni ta'kidlab o'tish mumkin. Birinchidan, men Holandning juda charchaganini ko'rdim. Ikkinchidan, u ozgina shamollagan. Uchinchidan, u oyog'iga zarba qabul qilib oldi. Shu bois ikkinchi taymda tusha olmadi.

Tanaffus paytida shifokorlar bilan gaplashdim, ular xavotirda edi. Ammo keyin men Holandning odatdagidek yurganini ko'rdim. Ko'ramiz", – dedi Gvardiola.

"Manchester Siti" navbatdagi o'yinini 29 oktyabr kuni o'tkazadi. APL 14-turidan o'rin olgan o'yinda "shaharliklar"ning raqibi "Lester" bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com