Har doim o'zini sher bilgan Zlatanning "Manchester Yunayted"dagi faoliyati haqida ajoyib hikoya

Mirjalol Normatov
24 mar 2018, 11:07
"Manchester Yunayted"dan ketganidan keyin Zlatanning Yevropadagi faoliyatiga yakun yasaldi.

Ibra uchun bunday saviyasiz yakun bo'lmasligi kerak ediBiroq u Yevropani misli sher kabi tark etdi. 

Kecha "ManchesterYunaytedZlatan bilan tuzilgan shartnoma rasman bekor qilinganligini e'lon qildiBu ko'pchilik futbol muxlislari uchun qandaydir syurpriz xabardek tuyuldi. Albatta, noyabr oyida jiddiy jarohat olib, futbol o'ynashiga jiddiy qarshilik qilayotgan futbolchi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan top-jamoaga kerak emasdi. 

Uning "Yunayted"dagi faoliyati yuqori darajada boshlangandi. U o'sha paytlarni eng baxtli onlar deb aytgandi. Zlatan jamoaning asosiy hujumchisi edi, raqib himoyachilariga har tomonlama bosim o'tkazardi. U debyutidayoq gol urdi va jamoasining Angliya Superkubogidagi g'alabasiga katta hissa qo'shdi. Oradan bir hafta o'tib, Angliya Premer-ligasidagi ilk bahsida ham raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bu faqatgina boshlanishi bo'lgandi. 

U "OldTrafford"dagiilkmavsumida 28 golkiritdishuningdek, "Sautgempton"gaqarshibahsdahamdublqaydetibAngliya liga kubogi g'olibligiga erishdiJamoa muxlislari uning ismini baralla baqirishdan charchashmasdi. "Manchester Yunayted" yaxshi o'ynay olmayotgan vaqtida ham Zlatanning bir o'zi jamoani oldinga boshlardi. O'yinlariga qarasangiz uni 35 yoshga kirgan futbolchiga o'xshatib bo'lmasdi, "Yunayted"ning har bir uchrashuvida natijaga ta’sir etardi. Biroq, birgina jarohat uning o'yin sifatiga katta ta’sir o'tkazdi. 

U Yevropa ligasi chorak finali doirasida "Anderlext"ga qarshi uchrashuvda tizzasidan jiddiy jarohatlandi. Uning tiklanishi uchun ko'p vaqt kerak bo'ldi, 7 oydan keyin yana safga qaytdi. Biroq har doimgidek u o'zini sher deb bilar, xuddi yoshgina Zlatanga o'xshardi. 


Ibragimovich so'nggi 13 mavsumning 12ta sovringa ega chiqdi. Gollandiya, Ispaniya, Italiya va Fransiyada uning o'yinlariga tan berishdi, 6 jamoada to'p surdi. Albatta, 12 sovrin unga g'oliblik ruhini singdirdi. Bu esa uni yana katta futbolga qaytishiga zamin yaratdi. 

So'nggi 10 yilda u har bir mavsumda 20tadan ko'proq gol urdi, "Inter", "Barselona", "Milan", PSJ va "Yunayted", shuningdek, Shvetsiya termasining rekordini yangiladi. U juda mag'rur, dimog'dor bo'lsa ham, o'z ishining ustasi. Zamonaviy futbolda yetishmayotgan personajlarni Zlatan chiroyli qilib to'ldirib bera oladi. 

Ko'pchilik uning "Barselona"dagi qisqagina faoliyatini yaxshi xotiralar bilan eslashmaydi. Uning o'zi ham ushbu jamoadan ketganligidan afsuslanmagan. Keyinroq Pep Gvardiolaning muxlisi bo'lmaganligini va ko'p bora kataloniyalik murabbiy bilan ishlagisi kelmasligini aytib o'tgandi. Zlatan Yevropa chempionlar ligasi sovrinini boshi uzra baland ko'tarmagan bo'lsa-da, 33 marta sovrinlarga ega chiqqan, shulardan 13tasi Liga g'olibligidir. 

U baribir odam qiyofasidagi sher kabi bo'lib qoladi. Zlatanning o'zi aytganidek, u qarimaydi. U “Manchester Yunayted” bilan hayrlashdi. "Los Anjeles Gelaksi" bilan imzolanadigan yangi shartnoma esa yangi eraning debochasidir.

Mirjalol Normatov tarjima qildi

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com