Hane Cup-2019. Bunyodkor-2005 ikkinchi o'yinda ham g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2019, 15:59
Turkiyaning Antaliya shahrida Hane Cup-2019 musobaqasi davom etmoqda.

Bugun turnirdagi ikkinchi o'yinini o'tkazgan Bunyodkor-2005 navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi. Kechagi uchrashuvdan farqli ravishda bugun qaldirg'ochlar jiddiy qarshilikka duch kelishdi. Gruziyaning Dinamo-Batumi jamoasiga qarshi o'ynagan Doniyor Usmonov shogirdlari har bir bo'limda bittadan gol urib, uch ochkoni o'ziniki qildi. Birinchi bo'limda futbolchimiz qizil kartochka olib maydonni tark etishga majbur bo'ldi va jamoa o'yin so'nggiga qadar bir kishi kam bo'lib harakat qildi. Unga qadar raqib penalti tepishga muvaffaq bo'ldi, lekin foydalana olmadi. Bahs avvalida hammasi biz uchun teskari ko'rinish olgan bo'lsa-da, bolalar o'zini yo'qotib qo'ymadi. Aksincha, 20-daqiqada penaltidan hisobni ochishdi. Ikkinchi bo'limda g'alaba olib kelgan gol ham raqib darvozasidan joy oldi.

HANE CUP-2019
Dinamo-Batumi (Gruziya) - Bunyodkor - 0:2
Bunyodkor:
Ali Erkinov, Abdurahmon Sulaymonov, Narimon Ahmadjonov, Asadbek Jamolov, Behruzbek Mahmudov, Diyorjon Tolibjonov (Muhammaddiyor Bahodirov, 40), Muzokir Malikov, Sobir Rishiddinov, Iskandar Soliev (Sardorbek Shoyimqulov, 55), Temur Baxtiyorov (Shoyusuf Erkinov, 45), Doniyor Xayrullaev (Ramziddin Muhammedov, 50).
Gollar: Sobir Rishiddinov, 20-penaltidan – 0:1. Iskandar Soliev, 55 – 0:2.
Ogohlantirish: Sobir Rishiddinov, 35.
Chetlatish: Behruzbek Mahmudov, 10.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com