Hamidjon Aktamov: "Qo'qon-1912"ga omad kulib boqdi"

Narzulla Saydullayev
26 sen 2015, 08:02
“Qo'qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot-anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.

Assalomu alaykum. Bugungi o'yinda har ikki jamoada  ham vaziyatlar ko'p bo'ldi.  Mezbonlar ularning bittasida foydalanishdi. “Qo'qon-1912” jamoasi va uning muxlislarini muhim g'alaba bilan tabriklayman, - deydi Aktamov.  

- “Qo'qon-1912” jamoasining o'yini haqida nima deya olasiz?
- Maydon egalari o'z muxlislari oldida yaxshi o'ynadi va xaqli g'alaba erishdi. Shuni ham qo'shimcha qilish mumkinki, bugun mezbonlarga  omad kulib boqdi.

- Safarda o'ynayotganingizga qaramay, ikkita hujumchi tushdingiz. Maqsad g'alaba qozonishmidi?
- Albatta, maydonga g'alaba qozonish uchun tushgandik. Lekin omadimiz kelmadi. Bundan tashqari, mezbonlar posboni ishonchli o'ynadi.  Bugungi g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz