Hamidjon Aktamov: "O'yindan kelib chiqib aytganda natija adolatli bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
7 avg 2021
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Qizilqum" (1:1) uchrashuvidan so'ng navoiyliklar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bugun juda ham qiyin o'yin o'tkazdik. Birinchi bo'limda o'zimizning o'yinni ko'rsata olganimiz yo'q. Boz ustiga jamoamizda bir nechta yo'qotishlar bor edi. Muhsinjon Ubaydullaev, Erkin Baydullaevlaring xizmatidan foydala olmadik. "Andijon" bizga etarlicha qarshilik ko'rsatishi kutilgandi. Ikkinchi bo'limda hujumlar uyushtirdik. O'yindan kelib chiqib aytsak, natija adolatli bo'ldi",- deydi Hamidjon Aktamov. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia