

-Mazkur bahsga etarlicha tayyorgarlik ko'rgandik. Albatta, raqibimiz ham anchayin jiddiy jamoa edi. Uchrashuvni yaxshi boshladik. Agar o'yin boshidayoq qulay imkoniyatdan foydalanganimizda, natija umuman boshqacha bo'lishiyam mumkin edi. Qolaversa, Alisher Yusupovning ham jarohat olib maydonni tark etishi, rejalarimizni biroz o'zgartirdi. Umuman olganda, yigitlarga etirozim yo'q. Ular bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Mavsum endigina boshlandi. Shu sabab keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib, muxlislarni xursand etish uchun harakat qilamiz. “Paxtakor” dan esa ikkinchi davrada Navoiyda bo'ladigan bahsda mag'lubiyat alamini olishga urinib ko'ramiz.



