Hamidjon Aktamov: “Andijon”ga qarshi o'yindan oldin tarkibda jiddiy yo'qotishlar bor edi”

Narzulla Saydullayev
26 mar 2016, 13:58
“Qizilqum” - “Andijon” jamoalari uchrashuvi (2:2) yakunlangach, matbuot anjumani ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.

Uchrashuv oldidan jamoamiz tarkibida jiddiy yo'qotishlar bor edi, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Bu bugun o'yinimizga o'z ta’sirini o'tkazmay qolmadi. Himoyachilarning oddiy vaziyatlarda xatoga yo'l qo'yganligi g'alabani qo'ldan chiqarishimizga sabab bo'ldi. Muxlislar chiroyli futbolga guvoh bo'lishdi. Bizni har bir o'yinda qo'llab-quvvatlayotgan ishqibozlarga rahmat aytaman. Barchasi 21 may kuni  Andijonda bo'ladigan javob uchrashuvida hal bo'ladi.

Legionerlarimiz Andrey Derkach, Georgiy Kvesieshvili jarahoti tufayli maydonga chiqmagan bo'lsa, yetakchi yarim himoyachimiz kutilmaganda shamollab qoldi. Ular albatta chempionatning uchinchi tur uchrashuviga qadar tarkibiga qo'shilishadi, degan umiddaman.

Endi bor e'tiborimizni chempionat bahslariga qaratamiz. Oldimizda “Olmaliq”qa qarshi muhim uchrashuv bor. Muhimi, jamoamiz a'zolarining kayfiyati a'lo. Navbatdagi uchrashuvlarda ham faqat g'alaba ishtiyoqida maydonga tushamiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia