

Hozircha hech bir klub bilan hech qanday kelishuvga erishilgani yo'q. Keyingi mavsum uchun hech qanday rejamiz ham yo'q. Lionel PSJ safida chempionat bahslarini yakunlamas ekan, bu borada hech qanday qarorga kelinmaydi. Mavsum yakuniga etgach, oldimizdagi takliflardan kelib chiqqan holda bir qarorga kelamiz. Hozircha esa na og'zaki, na rasmiy kelishuvga erishganmiz, - deya yozadi Xorxe Messi.
Avvalroq, Messi Al-Hilol safiga o'tishi aniq bo'lib ulgargani haqida xabarlar tarqalgandi.



