Dortmundning "Borussiya" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan mashg'ulotda tizzasidan jarohat oldi.
Shikastlanish darajasi tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ladi.
Oldinroq Gyundogan mavsum oxirida Dortmund klubini tark etmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi. Uning xizmatlariga ko'plab jamoalar qiziqish bildiryapti.