Gyotce: "Germaniya terma jamoasi slovkiyaliklardan ahmoqona gollar o'tkazib yubordi"

Aslanov Jasurbek
30 may 2016, 10:41
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mario Gyotce "bundestim"ning Slovakiyaga qarshi o'yiniga (1:3) izoh berdi.

"O'ylashimcha, Slovakiyaga qarshi uchrashuvdagi og'ir ob-havo sharoiti biz uchun yaxshi holat. Fransiyada hamma narsa ro'y berishi mumkin. Shu sababli, biz shunga o'xshash narsani his qildik.

Ha, ahmoqona gollar qo'yib yubordik. Ikkinchi bo'limda bunday sharoitda o'ynashga qiynaldik. Men uchun bu bahs o'zgacha bo'ldi - maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qilish juda muhim edi" - deydi Gyotce.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com