Gvardiolaning gollarga to'ymaydigan jamoasi Chempionlar ligasiga tayyorlanmoqda FOTOGALEREYA

Tolibjon Qosimov
21 noya 2017, 19:36
Bugun futbol ishqibozlari uchun o'ziga hos bayram.

Tunda Yevropa Chempionlar ligasida 5-tur o'yinlari boshlanadi. "F" guruhida peshqadamlik qilayotgan va muddatidan oldin pley-off masalasini hal qilib qo'ygan "Manchester Siti" o'z maydonida Gollandiyaning "Feyenoord" jamoasini qabul qiladi. Xosep Gvardiolaning gol urib to'ymayotgan jamoasi kecha o'yindan oldingi rasmiy mashg'ulotni o'tkazdi.

YCHL
"F"
guruhi, 5-tur
"Etixad stedium"
22.11.2017, 00:45
"Manchester Siti" - "Feyenoord"

"Manchester Siti" rasmiy mashg'ulotni klub bazasidagi "City Football Academy"da olib bordi.

- Xey, bolalar! Ertaga kim asosiy tarkibda tushmoqchi?

- Hammamiz.

Jamoaning hujumkor yarim himoyachilari Kevin De Bryuyne va Leroy Sane.

Gvardiola kecha bo'lib o'tgan o'yindan oldingi matbuot anjumanida jamoaning yosh o'yinchilari Braim Dias va Fil Fodenga imkoniyat bermoqchiligini aytib o'tdi.


"Shaharliklar"ning braziliyalik legionerlari Gabriel Jezus va Danilo.

Leroy Sane.

Mashg'ulotda Pepning o'zi ham to'p bilan ishladi.

Jamoaning asosiy sardori Vinsant Kompani mashg'ulotlarga zo'r bergan.

Bernardu Silvaning kayfiyati mutloq a'lo darajada.



GettyImages suratlari yordamida tayyorlandi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia