

"Men bu erga qaror qabul qilish uchun kelganman. Ha, ular yomon yoki yaxshi bo'lishi mumkin. Xart avvalgidek "Manchester Siti" futbolchisi hisoblanadi. U bugun kerakli darajada o'ynaganidan mamnunman. U klub afsonasi ekanligini bilaman. Xart "Manchester Siti"ning hozirgi ko'rinishiga kelishga sababchi bo'lganlardan biri.
Qarorlarim barchani baxtli qilishini istaysiz, ammo buning iloji yo'q. Murabbiy qaror qabul qilishi kerak. Bizda 28 nafar futbolchi bor va ularning 17 nafari asosiy tarkibda maydonga chiqa olmaydi" - deydi Gvardiola.



