Gvardiola "Tottenxem"dan cho'chimoqda

17 avg 2019, 20:15
"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola APLning 2-turidan o'rin olgan "Tottenxem"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

"APLga kelganimdan beri "Tottenxem" bosh sovrin uchun har doim asosiy da'vogar bo'lib kelmoqda. Birinchi mavsum ular ikkinchi bo'lishdi. Oxirgi ikki yilda ular bizni yutishmoqda. Ular bilan har doim qiyin o'yinlar bo'ladi", - deydi Gvardiola. 

Bugun "Manchester Siti" va "Tottenxem" jamoalari o'rtasidagi o'yin Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi. Ushbu bahs saytimizda onlayn matnli translyatsiya qilish rejalashtirilgan.  

O'xshash yangiliklar


Manba: dailymail.co.uk