Gvardiola: "Sovrinlar uchun bir-ikki hujumchi bilan kurashib bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
24 noya 2017, 21:14
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Xaddersfild"ga qarshi bo'lib o'tadigan APLning 13-tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Barcha futbolchilar yaxshi. Kecha ular dam olishdi, bugun mashg'ulot o'tkazib, kim o'ynashini hal qilamiz. O'tgan mavsum "Xaddersfild"ga to'qnash kelib, g'alaba qozona olmaganamiz. Bu stadionda o'ynash oson emas. "Xaddersfild" o'z maydonida juda yaxshi harakat qiladi. Premer-liganing boshqa uchrashuvlari kabi bu bahsda ham natija uchun kurashamiz. Kompaniga to'xtaladigan bo'lsak, u yakshanbada maydonga tushishga tayyor.

Jamoamizning ko'plab futbolchilari gol urishmoqda. Bir-ikki forvard bilan sovrin uchun kurashib bo'lmaydi. Hujumkor yarim himoyachilarimiz va xatto himoyachilarimiz gol urishyapti, bu muhim.

Agar yoshlar haqida gapiradigan bo'lsak, ularga imkoniyat berishga harakat qilamiz, chunki ular shunga munosib. Barcha yirik klublarda o'z akademiyasi bor. Hammasi yigitlarning o'ziga bog'liq" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com