Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi 500-g'alabani qo'lga kiritdi

Pep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" APL 5-turida "Arsenal"dan ustun keldi (1:0).

Bu 49 yoshli murabbiyning barcha turnirlardagi ("Barselona B" ham hisoblangan) 500-g'alabasi hisoblanadi. U "Manchester Siti" ustozi sifatida 172 o'yinni yutgan.

Gvardiola, shuningdek, "Barselona" (2008-2012) va "Bavariya"ni (2013-2016) boshqargan edi. Takidlash kerakki, kataloniyalik mutaxassis faoliyati davomida 29 ta sovringa ega chiqqan.


Manba: Opta