Gvardiola Mourinyoning rekordini zabt etdi

Mirjalol Normatov
23 yanv 2022, 12:38
"Manchester Siti" bosh murabbiy Pep Gvardiola qo'l ostida "Sautgempton" bilan 1:1 hisobidagi durangni qayd etdi.

Ushbu natijadan keyin 51 yoshli mutaxassisning APLda jamg'argan ochkolari soni 500taga etdi.

"BEIN Sports" xabariga ko'ra, Gvardiola bu natijaga eng tez erishgan murabbiy bo'ldi. Buning uchun unga "Manchester Siti" bosh murabbiyligida 213 o'yin etarli bo'ldi.

Bunga qadar eng yaxshi natija 231 o'yinda 500 ochko jamg'argan Joze Mourinyoga tegishli edi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal