Gvardiola "Manchester Siti" tarixidagi eng muhim on haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
27 dek 2019, 20:14
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola klub tarixidagi eng muhim on haqida gapirdi.

"Klub tarixidagi eng muhim on - Agueroning 2012 yili KPR darvozasiga gol urib, APL chempionligini keltirgani bo'ladi. Bu YCHLdagi g'oliblikdan muhimroq edi. O'tgan mavsumdagi 4ta sovrindan ko'ra, o'sha mavsumdagi chempionlik qadrliroq", - dedi Gvardiola.

2012 yilning 13 may kunida APLning so'nggi turi doirasida "Manchester Siti" so'nggi daqiqada ham 1:2 hisobida mag'lub bo'layotgandi. Jamoa faqatgina g'alabaga erishsagina chempionlikka erishardi, durang yoki mag'lubiyat esa "Manchester Yunayted"ni chempion qilardi.

92-daqiqada Edin Jeko hisobni tenglashtirgan bo'lsa, oradan 2 daqiqa o'tib, Aguero chempionlik golini kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail