

"Klopp bilan bir-birimizni yaxshi bilamiz. U ham men ham ancha vaqtdan buyon murabbiymiz. "Liverpul" haqidagi fikrim o'zgarmaydi. Jamoa YCHLni yuta olmasa ham, o'yinida jiddiy pasayish bo'lsa ham doimo jiddiy raqib bo'lib qolaveradi.
Bizni ushbu jiddiy o'yindan keyin ko'plab uchrashuvli og'ir taqvim kutib turibdi. Asosiysi - uzoq yillardan buyon sovrinlar uchun o'ynayapmiz va bu juda yaxshi", - dedi Gvardiola.
"Manchester Siti" - "Liverpul" bahsi 1 aprel kuni soat 16:30da start oladi.



