Gvardiola: "Lyovning qarori Saneni kuchliroq futbolchiga aylantirishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2018, 16:17
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning fikricha, jamoa yarim himoyachisi Leroy Sane JCH-2018 uchun Germaniya terma jamoasi tarkibiga kirmagani haqida unutishi kerak.

"Leroy bir narsani tushunishi kerak, Levning bu qarori uni kuchliroq futbolchiga aylantirishi mumkin. U hali yosh, ikki yildan so'ng Yevropa chempionati o'tkaziladi, 4 yildan keyin esa yana bir jahon chempionati.

Hammasi ortda qoldi. Milliy terma jamoa ustozi nima yaxshiligini o'zi hal qiladi. Leroy buni qabul qilishi va olg'a harakatlanishda davom etishi kerak. U o'z o'yinini kuchaytirishi lozim. Sane biz bilan ekanligidan xursandmiz" - deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports