Gvardiola Ederson bilan bog'liq vaziyat haqida: "Agar futbolchi ketishni istasa, u ketishi kerak"

Alisher Ostonov
17 avg 2025, 12:45
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola darvozabon Edersonning klubni tark etishi haqidagi savolga javob berdi.

Braziliyalik futbolchi Angliya chempionatining 1-turidan o'rin olgan "Vulverxempton"ga (0:4) qarshi o'yin qaydnomasiga kiritilmadi.

"Bugun menda ma'lumot yo'q. Kecha uning kasal ekanligini ko'rdim, gastroenteriti bor ekan. Shundan keyin Ugo [Viana] ("Manchester Siti" sport direktori) bilan gaplashmadim.

Men har doim agar futbolchi ketishni istasa, u ketishi kerak degan poziciyada bo'lganman - lekin klub shartlari asosida. Agar u baxtsiz bo'lsa, bu yerda qolishdan mano yo'q. "Barselona"da ishlaganimdan beri shunday deb o'ylayman", - dedi Gvardiola.

Avvalroq OAVda Edersonga "Galatasaroy" klubi faol qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Darvozabon "shaharliklar" safida 2017 yildan buyon o'ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 20 mln evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: The Guardian