Gvardiola: “Bu engil musobaqa emas. MYU ishtirokini erta yakunladi”

Eldor Akmurzayev
6 fev 2022, 07:45
“Manchester Siti” ustozi Pep Gvadiola Angliya Kubogi 1/16 finalida “Fulxem” ustidan qozonilgan yirik g'alabadan (4:1) keyin o'z fikrlarini bildirdi.

“Asabiylashishimga to'g'ri keldi, bunga ishonasizmi? Qoyilmaqom jamoaga qarshi bahs yuritdik. Ularning o'yinlari ko'rib zavqlanaman, futbolchilar to'p bilan qanday muomala qilishni yaxshi bilishadi. “Fulxem” Chempionshipda peshqadamligidan hayron qolmadim, ular kuchli.

Qiyin raqibni mag'lub etdik, barchasi futbolchilarimizning mahorat tufayli hal bo'ldi, ayniqsa, 2-taymda yaxshi harakat qildik. Dam olish kunlarida APLning bir qancha jamoalar keyingi bosqichga o'ta olmaganini ko'rdik. MYU chiqib ketdi. Bu oson musobaqa emas.

Gol o'tkazib yuborganimizda: “reakciyamiz qanday bo'lishini kuzatish qiziq bo'ladi”, dedim. 1-taymdan keyin raqiblar kuchli edi, biz esa vaziyatlar yaratdik, ammo to'pga egalik qilgan holda emas, balki qarshi hujumlar natijasida. Ikkinchi bo'limda esa rejalarimiz yanada yaxshiroq amalga oshdi”, deydi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Manchester Evening News