

"Mening qo'l ostimdagi "Siti"ning natijadarini ko'rish yoqimli. Biroq raqamlar hech nima bermaydi. Asosiysi - sovrinlar. Bir umr "Siti"ning muxlisi bo'lib qolaman. Jamoaning muxlislarini, bu yerda ishlayotganlarni yoqtirib qoldim. Shu boisdan boshqa klubda ishlay olmasam kerak", - dedi Gvardiola.
47 yoshli ispaniyalik 2016 yilda "shaharliklar" boshqaruvini o'z qo'liga oldi. Shundan buyon u jamoa bilan APL, Angliya Superkubogi va Liga kubogi kabi sovrinlarni qo'lga kiritdi.



