Gvardiola: "Bir umr "Siti"ning muxlisi bo'lib qolaman"

Mirjalol Normatov
26 okt 2018, 00:57
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLning boshqa jamoasini boshqara olishi mumkinligi borasida gapirdi.

"Mening qo'l ostimdagi "Siti"ning natijadarini ko'rish yoqimli. Biroq raqamlar hech nima bermaydi. Asosiysi - sovrinlar. Bir umr "Siti"ning muxlisi bo'lib qolaman. Jamoaning muxlislarini, bu yerda ishlayotganlarni yoqtirib qoldim. Shu boisdan boshqa klubda ishlay olmasam kerak", - dedi Gvardiola.

47 yoshli ispaniyalik 2016 yilda "shaharliklar" boshqaruvini o'z qo'liga oldi. Shundan buyon u jamoa bilan APL, Angliya Superkubogi va Liga kubogi kabi sovrinlarni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports