Gvardiola "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng fikr bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
22 fev 2021, 08:05
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng (1:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Kutilganidek o'yin og'ir kechdi. Jiddiy mehnat qilishimizga to'g'ri keldi. "Arsenal" va Artetaga qarshi o'ynash qiyin. Shuning uchun, futbolchilarimdan minnatdorman. 

Mikel barcha narsani biladi. U do'stim bo'lgani uchun bu gaplarni aytayotganim yo'q. U aqlli. Men uni jamoasini kuzatib, ko'p narsa o'rganganman. Bugun ham kelajakda foydalanishim mumkin bo'lgan narsalarni ko'rdim. U futbol haqida barcha narsani biladi. 

Odamlar bizning g'alabali seriyamizni ko'rib, barchasi osonlikcha ro'y beryapti deb o'ylashmoqda. Men bunaqasini kutmagandim. Bajarayotgan ishlari uchun futbolchilarimdan minnatdorman. Bunday o'yinlarda 1:0 hisobida g'alaba qozonish - aynan biz bajarishimiz lozim bo'lgan vazifadir. 

Oldinda yana APLdagi 4 ta uy o'yini bor. Biz nima istayotganimizni tushunamiz. Katta qadam tashlashni xohlaymiz", - dedi Gvardiola. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC