Gvardiola Agueroning holati haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
27 okt 2020, 14:43
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchi Serxio Agueroning holati haqida gapirdi.

"Agarda futbolchi tizzadagi jarohati sababli bir necha oy maydonga tushmasa, jarohatning qaytalanish ehtimoli yuqori bo'ladi. Umid qilamanki, Serxioni tezroq maydonga qaytaramiz. Shu holatda ham kamida 10-15 kun kutish kerak bo'ladi. Holat yomonlashsa, bir oy. Bizga futbolchining salomatligi muhim", - dedi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Aguero bir qancha vaqt oldin tizzasidan operaciya qilingandi. Ushbu mavsumda u 3 o'yinda 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal