Grizmann yangi jamoasi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
9 iyun 2019, 17:51
"Atletiko" forvardi Antuan Grizmann katta ehtimol bilan faoliyatini o'z vatanida davom ettiradi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, 28 yoshli futbolchi PSJga og'zaki rozilik bergan. Aytilishicha, futbolchi parijliklar prezidenti Nosir al-Helayfi bilan uchrashib olgan va transferga og'zaki tarzda rozilik bergan.

Shu orqali Edinson Kavani "Atletiko" futbolchisiga aylanadi. Grizmanning transfer narxi 120 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es