Grizmann Torresni quvib o'tdi va "Atletiko" to'purarlari orasida o'z o'rnini yaxshilashga erishdi

16 fev 2019, 23:05
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann "Rayo Valekano"ga qarshi uchrashuvda hisobni ochdi.

Oqibatda, Grizmann "Atletiko" safidagi o'zining 130-goliini kiritdi. Ushbu natijasi orqali Grizmann Fernando Torresni ortda qoldirdi va "Atletiko" jamoasi tarixida eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida beshinchi pog'onaga ko'tarilib oldi.

Oxirgi 9 uchrashuvda fransiyalik futbolchi 7 marotaba raqib darvozabonlarini ranjitdi. Bundan tashqari, Antuan 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

P.S. "Yuventus" himoyachilariga rostmana muammo tug'dira olishi mumkin bo'lgan futbolchilardan biri  - Antuan Grizmann.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia