Grizmann La Ligada o'ziga qarshi o'ynagan 34ta klubdan 33tasiga gol urdi. Faqatgina bitta jamoa qoldi

Alisher
29 noya 2021, 11:23
"Atletiko" forvardi Antuan Grizmann "Kadis"ga qarshi La Liga 15-tur doirasidagi "Kadis" (4:1)ga qarshi o'yinda gol urdi.

Francuz futbolchisining hisobida endi Ispaniya chempionatiga o'ziga qarshi o'ynagan 34 jamoadan 33tasiga qarshi o'yinlarda gol bor.

Grizmann gol ura olmagan yagona klub "Atletiko"ning o'zi bo'lib qolmoqda. 

Hujumchi oldinroq "Barselona" va "Real Sosedad" tarkibida Madrid klubiga qarshi 12ta o'yinda maydonga tushgan, ammo gol ura olmagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Opta Sports