

“Huawei" yuzni aniqlash dasturi orqali uyg'urlarni kuzatish uchun o'z hissasini qo'shgan degan kuchli shubhalar sabab, men darhol kompaniya bilan hamkorligimni tugataman”, degan Grizmann.
AQSHning IPVM tadqiqot kompaniyasi seshanba kuni e'lon qilgan hisobotida "Huawei" Xitoyda yuzni tanib olish dasturini sinovdan o'tkazishda ishtirok etgani va u uyg'urlar yuzini tanishi bilan policiyaga ogohlantirish yuborishi haqida ma'lumot bergan edi.
29 yoshli Grizmann 2017 yildan beri "Huawei" brend elchisi hisoblanardi.



