Grizmann, de Yong va Dest asosiy tarkibda o'ynagan bo'lsa ham Marca'dan "Xetafe"ga qarshi o'yin uchun baho olishmadi

Alisher
18 okt 2020, 10:19
Madridning Marca nashri "Barselona"ning La Liga 6-tur doirasidagi "Xetafe" (0:1)ga qarshi o'yinidan qoniqish hosil qilmadi.

Hujumchi Antuan Grizmann, xavbek Frenki de Yong va himoyachi Serjino Dest asosiy tarkibda maydonga tushgan bo'lsa ham baho olishmadi. Fransiyalik va niderlandiyalik futbolchi 80-daqiqada almashtirilgan bo'lsa, amerikalik o'yinning so'nggiga qadar harakat qildi.

"Barsa"ning faqatgina bir futbolchisi bitta yulduzdan ko'proq oldi - yosh ispaniyalik Pedriga ikkita yulduzli baho berishdi.

"Xetafe"ning 5 o'yinchisiga ikki yulduz, forvard Kucho Ernandesga esa uch yulduzli baho qo'yildi.

G'olib murabbiyi Pepe Bordalas 3 yulduz, "Barselona" ustoozi Ronald Kumanga esa bir yulduz qo'yildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca