Grizmann: "Bavariya" va "Chelsi"? "Atletiko"da baxtliman"

Aslanov Jasurbek
3 iyun 2015
"Atletiko" yarim himoyachisi Antuan Grizmann unga "Bavariya" va "Chelsi"ning qiziqishi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.

"Bavariya" va "Chelsi" haqida hech narsa deya olmayman, chunki bu mish-mish. "Atletiko"da baxtliman, bu erda o'zimni yaxshi his qilyapman. Men bir mavsumdan so'ng klubni tark etadigan futbolchilardan emasman. "Real" va "Barselona" bilan raqobatga keladigan bo'lsak, kelasi mavsumda "Atletiko" sovrin qo'lga kiritishi mumkin" - deydi Grizmann.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com