

-Bugun biz raqibimizga sovg'a taqdim etdik - yo'q joydan qizil kartochka ishlab oldik. “Nasaf” jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. “Nasaf” yaxshi shakillangan jamoa. Shuningdek ular bugun o'yin tizginini o'zlari tomon og'dira olishdi. Jamoada yuqori saviyadagi futbolchilar to'p tepishmoqda. Biz umuman yaxshi o'yin namoyish etayapmiz, ammo vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Igor Sergeevni nega transfer qildik? O'ylaymanki, Sergeev xorijda to'p tepib, tajriba ortirib, milliy terma jamoamizga munosib yordam beradi.



