

- O'yin har ikkala jamoa uchun qiyin kechdi. Zich taqvim bizning o'yinimizga o'z ta’sirini ko'rsatmoqda. Bugungi g'alaba juda katta mehnat evaziga qo'lga kiritildi. Shuningdek, "Paxtakor" haqli g'alabani qo'lga kiritdi. Kamoliddin Tojiev "Bunyodkor"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu albatta jamoamiz uchun yo'qotish. Ammo futbolda almashtirib bo'lmas futbolchilar bo'lmaydi. Uning o'rnini to'ldirishga harakat qilamiz. Bugungi g'alabada Tojievning xizmati juda katta bo'ldi. Kamoliddin Tojiev ajoyib uchrashuvni o'tkazdi. Masharipovning zaxirada qoldirilgani bu zich taqvim bilan bog'liq. Unda hech qanday jarohat yo'q.



