Grem Poll "Real" - "Yuventus" o'yinida Buffonni chetlatgan Oliverni qo'llab-quvvatladi

Aslanov Jasurbek
12 apr 2018, 18:45
Angliyalik sobiq hakam Grem Poll "Real" - "Yuventus" o'yinida ishlagan bosh hakam Mayk Oliverning qaroriga fikr bildirdi.

"Maykl Oliver yanvarda hakamlarning oliy toifasiga o'tkazildi. U "Santyago Bernabeu"dagi adolatli qarorlari bilan ishonchni oqladi. Hammasi qo'shimcha bo'limga qarab ketayotgan edi, biroq Olivyerda penalti belgilash uchun topildi va ushbu vaziyat "Real"ni yarim finalga olib chiqdi. Ammo u to'xtab qolmadi. "Yuventus" futbolchilari Oliverni o'rab, unga hujum qilishni boshlashganda 33 yoshli hakam xotirjamlikni saqladi va agressiv etirozi uchun Janluiji Buffonni to'g'ri chetlatdi.

Hakam qaror qabul qilishi uchun jasorat kerakligini aytganimda, Arsen Venger buni noto'g'ri ekanligini gapirgandi. Bu vaziyatdan so'ng u nima demoqchi bo'lganimni tushunsa kerak. Afsuski, Angliya futbol assotsiatsiyasi Oliverni oldinroq oliy toifali hakamlar guruhiga qo'shmadi, u JCH2018ga borgan bo'lardi" - deydi Poll.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail