"Granada" – "Atletik" uchrashuvida muxlis yurak xurujidan vafot etdi. Uchrashuv esa qoldirildi

Administrator
10 dek 2023, 22:47
La Liga uchrashuvida baxtsiz hodisa yuz berdi.

Ispaniya chempionati 16-turidan o'rin olgan "Granada" va "Atletik" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvi 17-daqiqada to'xtatildi. Bunga tribunadagi muxlislardan birining sog'ligi yomonlashganligi sabab bo'ldi. Ma'lum qilinishicha, muxlis yurak xurujiga uchragan. Ikki jamoa shifokorlari o'sha muxlisga yordam berish uchun tribunaga yetib borishdi. 20 daqiqadan so'ng esa uchrashuv bosh hakami Migel Anxel uchrashuv davom ettirilmasligini ma'lum qildi va jamoalarni maydondan olib chiqib ketdi. 

Keyinroq, "Atletik" klubi muxlisni qutqarib qolishni iloji bo'lmagani va u vafot etganini ma'lum qildi. O'yin esa boshqa kuni oxiriga etkazib qo'yiladigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: As