Gonsalo Iguain: "JCH-2018ga olib ketish uchun murabbiyni ishontirishga umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
20 mar 2018, 15:05
"Yuventus" hujumchisi Gonsalo Iguain Argentina terma jamoasiga chaqirilgani haqida aytib berdi.

"Bu imkoniyatdan maksimal foydalanishga harakat qilaman. Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. 6 oyni o'tkazib yubordim, shu sababli bu yerdaligim juda muhim, demak, yaxshi ishlayapman. JCH-2018ga olib ketish uchun murabbiyni ishontirishga umid qilaman.

Tanqid? Vazifam - futbol o'ynash, bu erga gaplashgani kelmaganman.

Bizni Italiya va Ispaniyaga qarshi ikki yaxshi o'yin kutib turibdi. Italiya qiyin jamoa, ayniqsa himoyada, shu sababli ushbu bahs biz uchun yaxshi to'st bo'ladi" - deydi Iguain.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia