Gollivud aktrisasi ijtimoiy tarmoqda "Arsenal" futbolchisi haqida post qoldirdi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2025, 14:28
Enn Xeteuey Londonning "Arsenal" klubini qo'llab-quvvatlab ijtimoiy tarmoqlarga surat yukladi.

Kecha Mikel Arteta jamoasi Angliya Premer-ligasining 30-turida "Fulxem"ni (2:1) mag'lub etdi.  

"Arsenal" tarkibida g'alaba golini jarohatdan tiklangan Bukayo Saka urdi. U jarohati tufayli 2024 yil dekabridan beri maydonga tushmagan edi.  

"Qaytishing bilan, #7 ", – deb yozdi jamoa muxlisi bo'lgan amerikalik aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda.  

Xeteuey ushbu yozuvga #COYG xeshtegini qo'shib qo'ydi, bu "Olg'a, to'pchilar" degani.  

Klubning rasmiy akkaunti post ostidagi izohlarda javob qaytardi: "Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat, Enn! ".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/annehathaway