GOL: Ronalduga "Yuventus"dagi holat yoqmayapti, u sobiq jamoasiga qaytishga tayyor

Mirjalol Normatov
29 dek 2019, 13:26
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin vaqtlarda "Real"ga qaytishi mumkin.

Ispaniyaning "GOL" nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, futbolchiga "Yuventus"dagi holat yoqmayapti va shu boisdan u "Real" prezidenti Florentino Peres bilan bog'lanib, qaytishi borasida iltimos bilan chiqqan.

Ronaldu 2009-2018 yillar davomida "Real" tarkibida 15 sovringa ega chiqqandi. "Yuventus"da esa 64 o'yinda 40 gol urdi va 15 assistlikni amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: GOL.es