Godin yangi jamoasida eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi

Mirjalol Normatov
5 may 2019, 13:12
"Atletiko" sardori Diego Godin "Inter" bilan shartnoma borasida kelishib oldi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, 33 yoshli urugvaylik Milan jamoasi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

Futbolchining klubdagi yillik maoshi 6,75 million evro bo'ladi va shu orqali u "Inter"da eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi.

Godan 2010 yildan buyon "Atletiko"da o'ynamoqda. U "Inter"ga erkin agent sifatida ko'chib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport