Go Oiva: "Bahsni yomon boshladik"

Mirjalol Normatov
16 iyun 2022
O'zbekistonga qarshi bahsdan keyingi matbuot anjumanida Yaponiya bosh murabbiyi Go Oiva hamda OFK tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Joel Fujita qatnashdi.

"O'zbekiston terma jamoasini o'rganib chiqqandik. Bu individual kuchli jamoa. Bugungi mag'lubiyat biz uchun alamli bo'ldi. Endi uchinchi o'rin uchun bahsga tayyorgarlik ko'ramiz",- dedi Go Oiva.

"Ikkita gol o'tkazib yubordik. Birinchi goldan keyin hisobni tenglashtirishimiz mumkin edi. O'z futbolimizni ko'rsata olmadik. Tezkor hujumlarga o'tishda qiynaldik", - dedi o'yinning eng yaxshi futbolchisi Joel Fujita.


- Chorak finalda Janubiy Koreyaga qarshi bahsda sizlarda barchasi o'xshagandi. Bugun esa ikkinchi taymda shogirdlaringizring kuchi qolmadi. Nimaga? 

- Biz o'yinga yaxshi tayyorlandik, ammo bu g'alaba uchun etarli bo'lmadi. Biz yanada yaxshi o'ynashimiz kerak edi.

- Bugun jamoangiz o'yinida nima o'xshamadi? 

- Bahsni yomon boshladik hamda ikkinchi taymda vaziyatni o'nglashga intildik. Afsuski bu amalga oshmadi. 

- Bugun sizni eng yaxshi futbolchi deb topishlarini kutganmidingiz?

Joel Fujita: - To'g'risi eng yaxshi deb topishganidan xursandman, ammo bugun eng yaxshi o'yinimni ko'rsatmadim. Bu g'alaba uchun etarli bo'lmadi. Raqib ham kuchli edi.

- Jaloliddinovning goli haqida nima deya olasiz? 

Joel Fujita:  - Bu kutilmagan gol bo'ldi. O'yinga qarasangiz, gol o'tkazishga loyiq emasdik. Ammo barcha ayb o'zimizda. 

- Jamoangizni bu musobaqadagi ishtirokini qanday baholaysiz? 

- Biz bu erga tajriba to'plash uchun kelmadik. Biz g'alaba qozonish uchun kelgandik. Menimcha yomon natija qayd etmadik. Turnir davomida futbolchilarim ancha o'sishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia