Germaniya TJning 2020 yildagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Eldor Akmurzayev
10 yanv 2021, 19:38
So'rovnoma natijalariga ko'ra, “Bavariya” kiperi Manuel Noyer eng yaxshi deb topildi.

Nemis futbol ittifoqi tomonidan o'tkazilgan ovoz berish jarayonida Noyerning variantini 57,8 foiz muxlis tanladi. U Serj Gnabri (15 %) va Mattias Ginter (9,3)dan katta farq bilan o'zib ketdi.

Noyer Germaniya TJ safidagi debyutini 2009 yil o'tkazgan. Shundan beri u terma libosida 96 o'yinda maydonga tushdi va 93 ta gol o'tkazib yubordi. Shuningdek, 34 yoshli posbon 41 bahsda darvoza dahlsizligini saqlab qolgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru