Germaniya terma jamosi a'zosi operaciya qilinadi

30 apr 2019, 21:33
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger jarohati tufayli mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.

26 yoshli Germaniya termasi vakilining "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda tizzasidan olgan jarohati jiddiy bo'lib chiqdi va u bugun Rim shahrida jarrohlik stoliga yotqiziladi.

Ryudiger joriy mavsum APLning 33 o'yinida ishtirok etib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Bild